» » Toshkent va Budapesht o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent va Budapesht o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Vengriya poytaxti Budapesht shahri meri Ishtvan Tarlosh boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi. Tashrif doirasidagi ilk tadbir Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi O‘zA.

Bu yerda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev, hokimlik mutasaddilari va mehmon delegatsiya vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘ldi. Toshkent va Budapesht shahri o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatda infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sotiq, tadbirkorlik, madaniy-ma’rifiy, turizm sohasini rivojlantirishga doir qator masalalar e’tiborga olingan.

Uchrashuvda Jahongir Ortiqxo‘jayev mehmonlarni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, ikki poytaxt o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yangi bosqichda rivojlantirish borasidagi takliflarini aytdi.

Vengriya O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida birinchilardan bo‘lib tan olgan mamlakat hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalardagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha yaxshi natijalarga erishildi. Bugun O‘zbekistonda vengriyalik tadbirkorlar ishtirokida qishloq xo‘jaligi, kommunal tizim, oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan korxonalar faoliyat yuritmoqda.

— Toshkent va Budapesht hamkorlik aloqalari bundan 15 yil muqaddam boshlangan, — deydi I.Tarlosh. — Shaharlarimiz o‘rtasida keng qamrovli aloqalarni rivojlantirishni maqsad qilganmiz. Vengriya xalqi O‘zbekistonning tarixiy shaharlari haqida yaxshi biladi va bu yerga kelishni orzu qiladi. Bugun delegatsiyamiz tarkibida mamlakatimizning yirik moliya-bank muassasalari, savdo-sanoat, turizm, madaniyat sohasi mas’ul xodimlari, tadbirkorlar kelgan. Ular ishtirokida transport, turizm, madaniy-gumanitar, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida istiqbolli kelishuvlarga erishamiz, albatta.

Budapesht delegatsiyasi O‘zbekistonning bir qator vazirlik, bank, tadbirkorlik subyektlarida uchrashuvlar o‘tkazib, Toshkent, Samarqand va Buxoroning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют