» » Toshkentning Qorasuv ko‘chasidan “Do‘stlik” metro bekatigacha bo‘lgan hududida keyingi yil yanvariga qadar transport harakati cheklanadi

Toshkentning Qorasuv ko‘chasidan “Do‘stlik” metro bekatigacha bo‘lgan hududida keyingi yil yanvariga qadar transport harakati cheklanadi


Toshkent shahar hokimligi Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasidan 2-Qorasuv va Elbek ko‘chalari bo‘ylab “Do‘stlik” metro bekatigacha bo‘lgan hududda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga yer usti temir yo‘l qurilish montaj ishlarini bajarishi yuzasidan 2018-yil 10-may kunidan 2019-yil 31-yanvarga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanishini ma’lum qildi. Bu haqda hokimlik saytida ma’lum qilindi.

Barcha turdagi transport vositalari harakati cheklangan ko‘chalarni aylanib o‘tish uchun jamoat transportining harakat yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi.

Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “‘Toshkent shahrida ikki yo‘llik elektrlashtirilgan tezyurar temir yo‘lini qurish’ loyihasini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu temir yo‘l qurilish montaj ishlarini bajarishda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘l harakati ishtirokchilaridan uzr so‘radi.

“O‘ylaymizki, hurmatli hamshaharlarimiz yo‘llarda haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, ularga qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari jarayonidagi ushbu vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri tushunadilar”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют