» » Rossiya federal qidiruv byurosi ehtiyotsizlik tufayli inson o‘limiga sabab bo‘lgan fuqaroni hibsga oldi

Rossiya federal qidiruv byurosi ehtiyotsizlik tufayli inson o‘limiga sabab bo‘lgan fuqaroni hibsga oldi


Rossiyaning Astraxan viloyatida chegarachilar ehtiyotsizlik tufayli inson o‘limiga sabab bo‘lganlikda gumonlanib bir yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan xorijlik fuqaroni hibsga oldi, deb xabar beradi Sputnik.

Fuqaro “Qorao‘zak” o‘tkazish punktida hibsga olingan.

“Fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot organlari tashabbusi bilan qidiruv e’lon qilingan edi. Erkak ehtiyotsizlik tufayli inson o‘limiga sabab bo‘lganlikda gumonlanmoqda. U bir yil tergovdan yashirinib yurgan”, — deyiladi xabarda.

Hibsga olingan fuqaro politsiyaga topshirilgan.

O‘tgan haftada “Oqsaroy” o‘tkazish punktida chegarachilar tomonidan odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanib, to‘rt yildan beri qidiruvda bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют