» » Peterburglik yigit shahar markazida ehtiyojmandlarga pul tarqatdi

Peterburglik yigit shahar markazida ehtiyojmandlarga pul tarqatdi


5-fevral kuni Rossiyaning Peterburg shahrida Dmitriy ismli yigit yuz rublli kupyuralar yopishtirilgan kurtkada ko‘chaga chiqdi, deb yozadi TJournal. U ehtiyojmandlarni uning kurtkasidan pul olishga undovchi  so‘zlar yozilgan taxtachani ko‘tarib oldi.

Dmitriy o‘z aksiyasidan hech qanday yashirin maqsadni ko‘zlamagani va shunchaki o‘tkinchilarning reaksiyasini ko‘rishni istaganini aytdi.

U o‘zining ijtimoiy eksperimentini YouTube’dagi StavPranks kanali mualliflaridan ilhomlanib o‘tkazdi, ular bunday aksiyalarni Rossiya va Ukrainaning bir nechta shaharlarida, shuningdek, Qozog‘istonda ham o‘tkazgan edi, u yerda eksperimentatorni bir yo‘la o‘n nafar politsiyachi so‘roq qilgandi.

Dmitriy ham Peterburgda tartib posbonlari e’tiboriga tushdi. Ular yigitning hujjatlarini tekshirib ko‘rdi, ammo uni hibsga olmadi.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют