» » Toshkentda O‘zbekiston–Germaniya biznes forumi va kooperatsion birja tashkil etildi

Toshkentda O‘zbekiston–Germaniya biznes forumi va kooperatsion birja tashkil etildi


Avval ma’lum qilganimizdek, Toshkent shahrida Germaniya—O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, investitsiya, bank-moliya, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil, kimyo, elektrotexnika sanoati, bank sektori, turizm, xizmat ko‘rsatish kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston bosh vaziri A.Aripov, Germaniya—O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi hamraisi, Knauf Gips KG kompaniyasi ijrochi direktori M.Grundke va boshqalar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar jalb qilish va uning jozibadorligini oshirish borasidagi ishlar bunda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda xorij kapitali ishtirokida 5 mingdan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda, ulardan 132 tasi germaniyalik ishbilarmonlar bilan tashkil etilgan. O‘zbekistonda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda Germaniyaning MAN, Claas, Lemken, Knauf kabi o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan konsern va korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Siemens, Bosch, Viessmann, Humana va ko‘plab boshqa kompaniyalar bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.

—O‘zbekiston katta iqtisodiy salohiyatga ega mamlakat, — deydi Germaniyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld. – Bugungi tadbirga Germaniyaning yetakchi kompaniyalari tashrif buyurgan. Maqsad — mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish. Tadbir doirasida Knauf kompaniyasi Buxoroda yangi ishlab chiqarish liniyasini ochmoqda. Bundan tashqari, avtomobilsozlik va kimyo sanoatida ham hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirganmiz.

Majlis doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari uchun O‘zbekiston—Germaniya biznes-forumi va kooperatsion birja tashkil etildi.

Kooperatsion birjada O‘zbekistondan qariyb 150 tadbirkor hamda Germaniyaning 40 ta yirik kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Unda yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shu kuni Germaniya delegatsiyasi Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Algoritm” zavodida ham bo‘ldi. Bu yerda Germaniya ishbilarmonlari tomonidan kichik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 14:52)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют