» » Chelyabinsk delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston va Rossiya biznes-forumida ishtirok etdi

Chelyabinsk delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston va Rossiya biznes-forumida ishtirok etdi


O‘zbekistonda davom etayotgan Chelyabinsk viloyati kunlari doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmonlari biznes-forumi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda ikki mamlakatning neft-gaz, tog‘-kon sanoati, oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoat, mashinasozlik, sog‘liqni saqlash kabi qator sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, Chelyabinsk viloyati gubernatori B. Dubrovskiy va boshqalar mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, mazkur tadbir savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ijtimoiy sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Forumda rossiyalik ishbilarmonlarga mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlar, sarmoya kiritish istiqbollari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish omillari to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘zbekiston va Chelyabinsk viloyati ishbilarmonlari hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va ular ijrosi haqida so‘z yuritildi.

Tadbir doirasida ikki mamlakatda investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, soliq va bojxona imtiyozlari, mavjud iqtisodiy imkoniyatlar taqdimoti o‘tkazildi.

Forumda ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator kelishuvlar imzolandi.

Biznes-forumda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Nodir Otajonov so‘zga chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют