» » Jazoirliklar Ramazon oyida O‘zbekistonning muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlari bilan tanishadi (video)

Jazoirliklar Ramazon oyida O‘zbekistonning muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlari bilan tanishadi (video)


Jazoirning El Djazairia One telekanali ijodkorlari O‘zbekistonning ziyorat turizmi borasidagi salohiyatini yoritish uchun may oyi boshida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga tashrif buyurdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu tashrif O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taklifi bilan amalga oshgan.

“Mehmonlar ikki hafta mobaynida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarda bo‘lib, yurtimizning diqqatga sazovor yerlari, tarixiy obidalarimiz, boy madaniyatimiz, milliy hunarmandchiligimiz ana’analari va o‘zbek xalqi hayoti hamda haqida katta qiziqish va e’tibor bilan ko‘rsatuvlar suratga olishgan edi”, — deyiladi vakillik axborotida.

Xabar berishlaricha, ko‘rsatuvlar tayyor bo‘lgan va O‘zbekiston haqidagi turkum dasturlar Ramazon oyi tuhfasi sifatida El Djazairia One telekanali orqali har kuni efirga uzatiladi. O‘zbekiston bilan bir vaqtda Indoneziya haqidagi ko‘rsatuvlar ham namoyish etiladi.

Quyida El Djazairia One teleijodkorlari tomonidan tayyorlangan ko‘rsatuvlar anonsi bilan tanishish mumkin:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют