» » Fransiya milliarderlari boylik orttirish sur’atlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

Fransiya milliarderlari boylik orttirish sur’atlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi


Fransiya milliarderlari yilning birinchi 5 oyi ichida o‘z boyliklarini 12 foizga ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Bloomberg ma’lumotiga qaraganda, Fransiyaning 13 nafar eng boy kishisi yil boshidan hisoblaganda o‘z boyliklarini 27,6 milliard dollarga, ya’ni 12 foizga ko‘paytirgan. Bloomberg agentligi tomonidan taqdim qilingan milliarderlar indeksiga ko‘ra fransiyaliklar yapon, xitoy va amerikaliklarni ortda qoldirdi.

Fransuzlarning yetakchilikni qo‘lga kirtishida Bernar Arno va Fransua Pinolarning hissasi katta. Ular besh oy ichida 22,3 milliard dollar daromadga ega bo‘lgan. Yevropaning eng badavlat kishisi bo‘lgan Arnoning umumiy boyligi 76,4 milliardga teng. Arno LVMH biznes guruhiga rahbarlik qiladi.  Louis Vuitton, Moet, Hennessy, Dior, Givenchy, Kenzo, Bulgari, Hublot brendlari aynan shu guruhga tegishli. 81 yoshli Pino (boyligi 35,5 milliardga baholangan) Kering guruhiga rahbarlik qiladi. Unga Gucci, Yves Saint Laurent, Brioni, Puma brendlari tegishli.

Arno va Bino daromadlarining o‘sishini Bloomberg Xitoyda nufuzli brendlarga bo‘lgan talabning ortishi hamda elektron savdoning jadal rivojlanishi bilan izohlamoqda. Shuningdek, Pino daromadlarining ortishiga Kering guruhiga tegishli Londondagi Christie’s auksionlar uyi ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

Yil boshidan Chanel egalari Alen va Jerar Vertxaymerlar 2,4 milliard dollar, L’Oreal egasi, Fransiyaning eng badavlat ayoli Betankur-Mayers 3,7 milliard dollar daromad olgan.

Fransiyadagi bir qancha badavlat kishilarning daromadlari esa aksincha kamaygan. Telekommunikatsiya sohasi magnati, Le Monde gazetasining egalaridan biri, Frenk Sinatraning My Way qo‘shig‘iga bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritgan Ksavye Nil yil boshida 2,6 milliard dollar yo‘qotgan.

Aprel oyining boshida Bloomberg agentligi Arnoni Yevropaning eng boy kishisi sifatida tan olgan, o‘sha vaqtda uning davlati 70,7 milliard dollarga teng bo‘lgan. U 70,2 milliard dollarlik daromadga ega ispaniyalik tadbirkor Amansio Ortegani ortda qoldirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют