» » O‘zbekiston Bosh prokuraturasi FQB bilan “yo‘l xaritasi”ni imzoladi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi FQB bilan “yo‘l xaritasi”ni imzoladi


O‘zbekiston Prezidentining AQShga rasmiy tashrifi doirasida bosh prokuror Otabek Murodov tomonidan AQShning ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarida uchrashuvlar o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xususan, Adliya departamentida AQSh bosh prokurori yordamchisi B.Shvarts bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jinoyatchilikka qarshi kurash va tergov borasida o‘zaro yordam ko‘rsatish sohasida xamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Departament vakillariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-xuquq islohotlari, besh yillik rivojlanish strategiyasi, nisbatan qisqa davr ichida erishilgan jiddiy yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

“Amerika tarafi tomonidan yangilanishlarga ijobiy baho berilib, AQSh Adliya departamenti va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi oldiga qo‘yilgan umumiy vazifalarni inobatga olgan holda o‘zaro xamkorlikni mustahkamlash zarurati va bunga qat’iy tayyorgarlik ifoda etildi”, — deyiladi xabarda.

Adliya Departamentining OPDAT va ICITAP dasturlari doirasida jinoiy ta’qib va kadrlarni o‘qitish sohasida salohiyatni oshirish yuzasidan ko‘mak ko‘rsatishga oid o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Prezidentning Blair House qarorgohida Federal qidiruv byurosining mutasaddi vakillari ishtirokida Bosh prokuratura va FQB o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumini (Vashington, 04.12.2017 y.) amalga oshirish yuzasidan Dastur (“Yo‘l xaritasi”) imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют