» » Mudofaa vazirligida taniqli yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda (foto)

Mudofaa vazirligida taniqli yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda (foto)


Farg‘ona shahridagi Sharqiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi vakili Xursanoy Islomova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi, shoira Enaxon Siddiqova, taniqli shoir va yozuvchilar ishtirok etdi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur ijodiy guruh ikki kun mobaynida Andijon, Namangan viloyatlaridagi harbiy qismlarga ham tashrif buyurdi. Ijodkorlar harbiy qism hududidagi buyuk ajdodlar va sarkardalar haqidagi ko‘rgazmali vositalar, ma’naviyat xonalari, elektron kutubxonalar bilan yaqindan tanishdi.

“Uchrashuv so‘ngida askarlar o‘z ijod namunalaridan o‘qib, shoir va yozuvchilar olqishiga sazovor bo‘ldi. Qalam ahli bilan ustoz-shogird an’analarini joriy qilish, harbiy qismda ijod to‘garaklari tashkil etish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlandi”, — deyiladi xabarda.

Jizzax shahridagi harbiy qismda va “Forish” tog‘ dala o‘quv maydonida harbiy amaliy mashg‘ulotlar yakunlanganidan so‘ng harbiylar bilan badiiy-ijodiy kecha o‘tkazildi. Uchrashuvda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitseri M.Abilov, “Kamolot ko‘zgusi” gazetasi bosh muharriri B.Xudoyberdiyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi mudirasi, shoira M.Abdurahmonova ishtirok etdi.

Shoir va yozuvchilar tomonidan she’rlar o‘qildi. Milliy va jahon adabiyoti namunalaridan vatanparvarlikni madh etuvchi parchalar tinglandi. Harbiylar tomonidan “Mendurman o‘shal” qo‘shig‘i jo‘r bo‘lib kuylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют