» » Samarqand viloyatidagi xonadonlarning birida 1800 tup ko‘knori parvarish qilinayotgani aniqlandi

Samarqand viloyatidagi xonadonlarning birida 1800 tup ko‘knori parvarish qilinayotgani aniqlandi


Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan “Qoradori—2018” tadbiri davomida Payariq tumanidagi xonadonlarning birida juda ko‘p miqdorda ko‘knori va nasha parvarishlab kelinayotgani aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, Payariq tumani Madaniyat mahallasida yashovchi fuqaroning xonadonida bo‘yi 1 metrdan 1,65 metrgacha bo‘lgan 1800 tup ko‘knori va 20 tup nasha parvarishlab kelinayotgani aniqlangan.

Qayd etishlaricha, xonadon egasi bilan qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borilganidan so‘ng, fuqaro o‘z ixtiyori bilan uyidan 3 dona paket ichiga solingan marixuana va boshqa turdagi giyohvandlik moddalarini olib chiqib bergan.

“To‘plangan hujjatlar Payariq tumani IIBga topshirilib, tuman Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi viloyat IIB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 42) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют