» » Pensiya jamg‘armasi 168 ming so‘m nafaqa evaziga kun kechirayotgan ayolning sharoitini o‘rgandi

Pensiya jamg‘armasi 168 ming so‘m nafaqa evaziga kun kechirayotgan ayolning sharoitini o‘rgandi


20-aprel kuni Respublika ishchi guruhi Qo‘qonda oyiga 168 ming so‘m nafaqa evaziga kun kechirayotgan ayolning sharoitini o‘rgangani haqida xabar chop etilgan edi.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Qo‘qon shahridagi Shig‘ovul ko‘chasi, 11-uyda yashovchi Ma’muraxon Baratovaning xonadoniga borib o‘rganish o‘tkazildi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tog‘risida”gi qonunining 7-moddasida umumiy asosda pensiya tayinlash uchun 20 yil staj talab qilinsa-da, fuqaro Ma’muraxon Baratovaning ish staji 8 yil, 11 oyni tashkil etgan.

Fuqaroga Qonunning 8-moddasiga asosan mavjud stajiga mutanosib ravishda pensiya hisoblanganida eng kam pensiya miqdorining 50 foizidan kam bo‘lganligi sababli qonunning 29-moddasi asosida 77 835 so‘m (eng kam pensiya miqdorining 50 foizi) pensiya murojaat qilgan kunidan tayinlangan va hozirgi kunda 168 440 so‘m pensiya to‘lab kelinmoqda.

Pensiya jamg‘armasi xodimlari fuqaro Mamuraxon Baratova bilan suhbatlashganda pensiya tayinlanishi va miqdori bo‘yicha e’tirozi yo‘qligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют