» » Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari shartnoma pulining bir qismi to‘lab beriladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari shartnoma pulining bir qismi to‘lab beriladi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahridagi Inha universitetida tahsil olayotgan talabalar shartnoma pulining bir qismini to‘lab beradi, deb xabar qildi O‘zA.

Ta’lim muassasasi rahbari Sarvar Boboxo‘jayevning aytishicha, bugungi kunda O‘zbekiston axborot texnologiyalar bozorining yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji yuqori bo‘lgani bois, muassasa o‘z talabalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirib, ularning ta’lim olishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilmoqda.

2017—2018-o‘quv yilida Toshkent shahridagi Inha universitetida ta’lim puli “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishida 21,05 million so‘m, “Logistika” yo‘nalishida 22,1 million so‘mni tashkil etdi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, yangi o‘quv yilida shartnoma puli yana oshiriladi hamda “Kompyuter va dasturiy ijiniring” yo‘nalishida 28,5 million so‘m, “Logistika” yo‘nalishida 30 million so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan mingdan ortiq ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqich talabalari ta’lim pulini eski narxda to‘laydi, belgilangan yangi narxlarning oshgan miqdorini vazirlik qoplaydi.

Ushbu qaror Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining axborot texnologiyalari bo‘yicha mahalliy mutaxassislarni tayyorlash tizimini isloh qilishga oid dasturi doirasida qabul qilindi. Dastur axborot texnologiyalari sohasi uchun maktab yoshidan oliy ta’lim olishgacha bo‘lgan vaqtda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yagona tizimni yaratishni nazarda tutadi. Bu borada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi. Matematika, fizika, informatika va xorijiy tillarni chuqur o‘qitish hamda o‘quvchilarda dasturlash, ma’lumotlar bazasi va axborot xavfsizligini yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish maktabning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Shuningdek, o‘rta maxsus ta’limi sifatini yanada yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda sakkizta kasb-hunar kollejlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda ushbu ta’lim muassasalari uchun zarur o‘quv dasturlari va bu yerda tayyorlanadigan mutaxassislarga bo‘lgan talablar ko‘rib chiqilmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti tizimining joriy etilishi O‘zbekiston axborot-texnologiyalari sohasida ta’limni rivojlantirishda yangi qadam bo‘ladi. Bunda talabalarning o‘zi fanlarni tanlash imkoniga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют