» » Polsha mamlakatda AQSh harbiy bazasi joylashtirilishi uchun 2 mlrd dollar taklif qildi

Polsha mamlakatda AQSh harbiy bazasi joylashtirilishi uchun 2 mlrd dollar taklif qildi


Polsha rasmiylari mamlakat hududida AQSh harbiy bazasi doimiy tarzda joylashtirilishi uchun 2 milliard dollargacha to‘lashga tayyor. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Onet nashriga ko‘ra, Polsha AQShning bir tank diviziyasi yoki ko‘lami shunga yaqin qurolli kuchlar bo‘linmasini joylashtirish xarajatlarini qoplash uchun 1,5—2 milliard dollar taqdim etishni taklif qilgan.

Polsha mudofaa vazirligi bu mablag‘ni zarur infrastukturani yaratish, shuningdek, amerikalik harbiy xizmatchilar yaqinlarini joylashtirishga sarflashga tayyorligi bildirilmoqda.

Harbiy bazaning ko‘zda tutilayotgan manzili ham ko‘rsatilgan mazkur reja Oq uy va Kongressga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют