» » O‘zbekistonda turistlarni tashishga mo‘ljallangan transportlardan 2020-yilga qadar yo‘l jamg‘armasiga yig‘im undirilmaydi

O‘zbekistonda turistlarni tashishga mo‘ljallangan transportlardan 2020-yilga qadar yo‘l jamg‘armasiga yig‘im undirilmaydi


Turistlarni tashish uchun mo‘ljallangan, sig‘imi 9 kishidan ortiq bo‘lgan yangi transportdan Respublika yo‘l jamg‘armasiga 2022-yil 1-yanvargacha yig‘im undirilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF–5447-son farmonida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Norma.

Ilgari imtiyoz quyidagi tarzda berilar edi: yig‘im stavkasi transport vositalari sotib olish qiymatining 3%i miqdorida etib belgilangan edi. Bu o‘sha payt amal qilgan umumiy stavkaga mos kelar, biroq u gipotetik oshirilganda turizm korxonalari ustunlikka ega bo‘lardi (3% to‘lashda davom etgan bo‘lar edilar).

Yangi tartibga binoan turizm faoliyati subyektlari o‘zlari sotib olgan, O‘zbekistonga olib kirilayotgan, turistlarni tashish uchun mo‘ljallangan, sig‘imi 9 kishidan ortiq bo‘lgan yangi transport vositalarini IIV organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda 2022-yil 1-yanvargacha Respublika yo‘l jamg‘armasiga umuman yig‘im to‘lamaydilar.

Eslatib o‘tamiz, olib kirilayotgan 8 va undan ortiq kishini (haydovchi bilan birgalikda) tashishga mo‘ljallangan turizm toifasiga oid transport vositalari xuddi shu davrgacha bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etilgan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25-maydan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют