» » Uychida nogironligi bo‘lgan uch aka-ukaga nogironlik aravachasi topshirildi

Uychida nogironligi bo‘lgan uch aka-ukaga nogironlik aravachasi topshirildi


Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbari Abduvali Teshaboyev tasarrufidagi, ya’ni 4-sektor hududi sanalgan Uychi tumanida ayni paytda 56 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. Ulardagi 36059 ta xonadonda 53113 oila istiqomat qilmoqda, deya xabar beradi O‘zA sahifalarida jurnalist Oqilxon Dadaboyev.

“Birlashgan” mahalla fuqarolar yig‘inidagi madaniyat va aholi dam olish maskanida sektor rahbari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabul ham bevosita hududlarni kompleks rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va turmush darajasini yanada oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarlikni oldini olish va bu borada olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga qaratildi. Muloqotda fuqarolar tomonidan tadbirkorlikka oid, imtiyozli kredit olish, bandlikni ta’minlash hamda tibbiyot bilan bog‘liq masalalar o‘rtaga tashlandi.

Binobarin, uyma-uy yurib, xalq bilan yaqindan muloqot qilinishi natijasida shu yilning o‘tgan davri mobaynida fuqarolarni qiynayotgan muammolarning 70 foizi to‘rtta sektor boshliqlari va tumandagi mutasaddi korxona-tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ijobiy bartaraf qilindi.

Ta’kidlash joiz, sektorlarda kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilgan. Muborak Ramazon oyida qilingan har qanday ezgu amalning savobi esa boshqa oylarnikidan-da ulug‘roq.

Bu galgi sayyor qabul davomida 4-sektor rahbari va mutasaddilar aholi xonadonlarida bo‘lib, yakka-yolg‘iz, kam ta’minlangan fuqarolarning turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi. Tumandagi “Keskanyor” mahalla fuqarolar yig‘ini Sohil bo‘yi ko‘chasida yashovchi aka-uka Mahmudjon, Erali va Sherali Qambarovlarning birinchi guruh nogironligi bor. Shu hududda yashovchi 80 yoshni qarshilagan Yoqubjon Ibrohimov ham uzoq yillardan beri nogironlik aravachasiga muhtoj edi. Muloqotlar davomida ularning har biriga Ramazon tuhfasi sifatida nogironlik aravachasi topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют