» » O‘zbekistonda turizm yangi Bosh vazir o‘rinbosarining mas’uliyat doirasiga kiritildi

O‘zbekistonda turizm yangi Bosh vazir o‘rinbosarining mas’uliyat doirasiga kiritildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-maydagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasi ijroiya tuzilmasidagi o‘zgarishlarni tasdiqladi, deb yozadi “Gazeta.uz” hukumatdagi manbasiga tayanib. Hujjatga ko‘ra, turizm bosh vazirning bir o‘rinbosari mas’uliyat sohasidan boshqa o‘rinbosarga o‘tkazildi.

Yaqinda Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sobiq raisi Aziz Abduhakimov Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksiga rahbarlik qiladi.

Ilgari turizm sohasiga bir vaqtning o‘zida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov rahbarlik qilar edi. U boshqaradigan Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi nomidan “turizm” so‘zi olib tashlandi.

Davlat rahbari qarorida ta’kidlanishicha, qaror “turizmni mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida” qabul qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют