» » O‘zbekiston yetimxonalaridagi bolalarning yarmidan ko‘pi ijtimoiy va moliyaviy sabablarga ko‘ra ushbu muassasalarga topshirilgan

O‘zbekiston yetimxonalaridagi bolalarning yarmidan ko‘pi ijtimoiy va moliyaviy sabablarga ko‘ra ushbu muassasalarga topshirilgan


O‘zbekistondagi mehribonlik uylari va internatllarida bolalarning yarmidan ko‘prog‘i ushbu muassasalarga oilalaridagi ijtimoiy va moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tushib qolgan. Bu haqda Toshkentda Xalq ta’limi vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va BMT bolalar fondi — YuNISЕF vakillari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda aytildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Aytilishicha, bu bolalarning aksariyati ota-onalarga ega, ammo qiyinchiliklar tufayli davlat qaramog‘iga topshirilgan. Mutaxassislar ularni oilalariga qaytarish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

YuNISЕF vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann bolalarga vasiylik qilish tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Bu tavsiyalarda, jumladan, bolalarni bunday muassasalarga ijtimoiy-moliyaviy sabablarga ko‘ra joylashtirishni to‘xtatish hamda oilaviy vasiylikning muqobil shakllarini (boqib olab, otaliqqa olish va h.k.) keng yoyish lozimligi aytib o‘tilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют