» » “Forish” tog‘ poligonida Mudofaa vazirligi miqyosida navbatdagi musobaqa o‘tkazildi

“Forish” tog‘ poligonida Mudofaa vazirligi miqyosida navbatdagi musobaqa o‘tkazildi


Jizzax shahridagi “Forish” tog‘ poligonida harbiy-amaliy sportning “Ofitserlar uchkurashi” hamda “MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” turlari bo‘yicha MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasidagi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Mudofaa vazirligi terma jamoa tarkibini saralash va tanlashga bag‘ishlangan chempionat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada oliy harbiy ta’lim muassasalaridan hamda harbiy qismlardan saralashdan o‘tib, harbiy okrug bosqichi g‘olibligini qo‘lgan kiritgan 100 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. “Ofitserlar uch kurashi” bahslarida ishtirokchilar 100, 2000 va 3000 metrga yugurish hamda pistoletdan otish mashqlarini bajarishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin Toshkent harbiy okrugi, ikki va uchinchi o‘rinlar Sharqiy hamda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okruglari vakillariga nasib etdi.

MP-3 va KA-3 qurollaridan otish mashqi shartlarida ko‘rsatilganidek, chempionat ishtirokchilari tomonidan 25 va 100 metr uzoqlikda joylashgan nishonlarga qarata belgilangan vaqt oralig‘ida tik turgancha, tizzalab hamda yotgan holatda o‘t ochildi. Amaliy otish natijalariga ko‘ra, pistoletdan otish mashqida Shimoli-G‘arbiy harbiy okrugi vakillari 1-o‘rin, Markaziy harbiy okrug hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi ofitserlari 2 va 3-o‘rinni egalladi.

Chempionat g‘oliblari va sovrindorlari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, MDH davlatlari do‘stona armiyalari o‘rtasida harbiy-amaliy sport turining “Ofitserlar uch kurashi” va “MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” musobaqaning xalqaro bosqichi joriy yilning avgust oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют