» » O‘zbekistonda aeroport va vokzallar yaqinida uzoq muddatli avtoturargohlarni tashkil qilish haqida petitsiya e’lon qilindi

O‘zbekistonda aeroport va vokzallar yaqinida uzoq muddatli avtoturargohlarni tashkil qilish haqida petitsiya e’lon qilindi


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga O‘zbekistonda uzoq muddat qo‘riqlanadigan avtomobil turargohlari tarmog‘ini tashkil qilish taklifi paydo bo‘ldi, deb yozadi “Nuz.uz”.

Bunday turargohlar xizmat safarlariga va sayyohlik safarlariga otlangan o‘zbekistonliklar uchun mo‘ljallangan. Mashinani uzoq muddatli pulli turargohda to‘rt haftagacha bo‘lgan muddatga qoldirish mumkin bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Avtoturargohlarni poytaxtdagi xalqaro aeroport va temir yo‘l vokzallari yaqinida, shuningdek, Qozog‘iston va Tojikiston bilan davlat chegaralarini kesib o‘tish punktlarida o‘rnatish taklif qilinmoqda. Servis o‘zbekistonlik avtomobil egalariga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi va ular mamlakatda yo‘q vaqtida mashinaning but saqlanishini ta’minlaydi, deyiladi murojaatda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют