» » Toshkentdagi Gubkin nomidagi universitetdan 23 nafar talaba o‘qishdan chetlatildi

Toshkentdagi Gubkin nomidagi universitetdan 23 nafar talaba o‘qishdan chetlatildi


Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filialining 23 nafar talabasi o‘qishdan chetlatildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Oliy o‘quv yurti dekani Shavkat Ravilovga ko‘ra, universitetdan joriy yilda 22 kishi akademik qarzdorlik, yana biri esa ichki tartib-qoidalarga bo‘ysunmaganligi sababli talabalar safidan chiqarilgan.

“O‘qishdan chetlatilgan talabalar bugungi kunda Oliy ta’lim vazirligiga, portalga murojaat qilmoqda. Ammo ular o‘z murojaatiga to‘g‘ri chetlashtirilganliklari haqida javob olgan”, — deb qo‘shimcha qildi Ravilov.

Dekanning ta’kidlashicha, talabalar o‘z huquqlarini himoya qilishni istab uch marta advokat ham yollagan. Ammo o‘quv yurti rahbariyati tomonidan taqdim etilgan hujjat (buyruq va asos)larni o‘rganib chiqqan advokatlar o‘qishdan chetlashtirish qarori to‘g‘ri qabul qilingan, degan xulosaga kelib, talabalarni himoya qilishdan bosh tortgan.

Ravilov, shuningdek, ushbu talabalarga ikki marta imkoniyat taqdim etilgani, ammo ular bundan ham foydalanmaganini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют