» » Toshkentga 35 tonna tuzni noqonuniy ravishda olib kirgan tadbirkorlar fosh qilindi

Toshkentga 35 tonna tuzni noqonuniy ravishda olib kirgan tadbirkorlar fosh qilindi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 137 million so‘mlik to‘lovdan bo‘yin tovlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar fosh qilindi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Xitoydan Toshkentga MChJ nomiga kelgan ikkita konteyner bojxona nazoratidan o‘tkazilganida ularning tarkibi hujjatlarga mos kelmasligi aniqlangan. Hujjatlarga ko‘ra, konteynerlarda plastik mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan 40 tonna polipropilen bo‘lishi kerak edi. Ammo uning o‘rniga hujjatlarda ko‘rsatilmagan, sirtdan polipropilenga o‘xshab ketadigan, qiymati 351 million so‘mlik, 35 tonnadan ortiq natriy xlorid, ya’ni tuz ortilgani aniqlandi.

40 tonna polipropilen uchun 40 million so‘m atrofida bojxona to‘lovi belgilanadi. Ammo konteynerlarga yuklangan natriy xloridning bojxona to‘lovi 177 million (agar ushbu tovarga tegishli kelib chiqish sertifikati taqdim etilganda — 129 million) so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, qonunbuzarlar 137 million so‘m atrofidagi bojxona to‘lovidan bo‘yin tovlagan.

Mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan korxona rahbariga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki boshqa qoidabuzarliklar yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasining 120-76-33 hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining 120-76-71 — “Ishonch telefoni” raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют