» » Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Narimon Umarov suv taqchilligi sabablarini o‘rgandi

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Narimon Umarov suv taqchilligi sabablarini o‘rgandi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari Narimon Umarov Qashqadaryo viloyatidagi suv taqchilligi sabablarini o‘rganish maqsadida Nishon tumanida bo‘ldi. Viloyatdagi yirik Talimarjon suv omborining 7-nasos stansiyasi ish faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Parlament quyi palatasi rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi, deb yozadi O‘zA.

“Viloyat bo‘yicha 514 ming gektar yer sug‘oriladi, — dedi Narimon Umarov. — Buning uchun 5—6 milliard kubometr suv talab qilinadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetatsiya davrida ana shu suvning atigi 0,8—1,5 milliard kubometrinigina Qashqadaryo daryosi ta’minlaydi, ehtiyojdagi suvning asosiy qismi Amudaryo va Zarafshon daryolaridan olinadi. Shu bois ushbu vohaning suv ta’minotini yaxshilash va uni vegetatsiya hamda novegetatsiya davrlari bo‘yicha barqarorlashtirish maqsadida to‘planadigan obi-hayotning katta qismi Talimarjon suv omborida saqlanadi. Bu yerda suv inshootlari joriy va kapital ta’mirlangan. Endigi vazifa viloyatdagi Talimarjon, Chimqo‘rg‘on, Pachkamar, Hisorak, Qamashi, Dehqonobod kabi suv manbalaridagi obi-hayotdan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda tejab-tergab foydalanishdan iborat”.

Qashqadaryoda shu kecha-kunduzda 20 ming kilometr ichki sug‘orish tarmoqlari mavjud. Suvning katta qismi ana shu tarmoqlarda isrof bo‘ladi. Bu yil g‘o‘za maydonlarini sug‘orishga tayyorlash uchun jo‘yaklar olinib, barcha talablar bajarilgandan so‘ng talabnoma asosida suv beriladi. Belgilangan agrotexnik tadbirlar bajarilmagan taqdirda fermer xo‘jaliklariga suv berish to‘xtatiladi.

G‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim agrotexnik tadbirlar samarali o‘tkazilsa, mavjud ekinlar hosildorligi keskin ko‘tariladi hamda juda katta iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyati yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют