» » G‘arb OAVlari Rossiyaning qiruvchi samolyotini “halokatli” deb atadi

G‘arb OAVlari Rossiyaning qiruvchi samolyotini “halokatli” deb atadi


Rossiyaning “Kinjal” gipertovushli majmuasi bilan jihozlangan MiG-31 qiruvchi-tutuvchi samolyoti potensial dushmanlar uchun “jiddiy xavf” soladi. Bunday xulosaga g‘arblik jurnalistlar keldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Military Watch jurnali qayd etishicha, Rossiya qiruvchisi o‘xshashi yo‘q bo‘lgan “haqiqatda halokatli samolyot” hisoblanadi. Maqola mualliflari fikricha, modelning o‘ziga xosligi — havo jangida faol ishtirok eta olish va dushman kemalarini “ov qila olish” imkoniyatida.

“MiG-31 ning hajmi unga o‘ta og‘ir o‘q-dorilarni qo‘llash imkonini beradi, boshqa harbiy samolyotlar ularni ishlata olishi amri mahol”, — deb yozadi nashr.

Jurnalistlarning qo‘shimcha qilishicha, MiG-31 ning modernizatsiya qilinishi uni “dunyodagi eng tezkor zamonaviy harbiy samolyot”ga aylantirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют