» » Janubiy Koreyada ishlash uchun test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolardan hujjatlarni taqdim etishlari so‘raldi

Janubiy Koreyada ishlash uchun test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolardan hujjatlarni taqdim etishlari so‘raldi


Janubiy Koreyada ishlash uchun imtihon topshirib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolardan hujjatlarini taqdim qilishlari so‘raladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi xabar bermoqda.

Janubiy Koreyaning bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha shu yil 5—16- martdagi koreys tili test sinovlaridan va 29-apreldan 2-maygacha bo‘lib o‘tgan malaka(skill) testlarida qatnashib, muvaffaqiyatli o‘tgan hamda mehnat shartnomasiga muvofiq Janubiy Koreyada ishlab kelganlar uchun 4—21-may kunlari bo‘lib o‘tgan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar agentlik mintaqaviy byurolariga tegishli hujjatlarni taqdim qilishlari lozim.

Hujjatlar 2018-yilning 11,12,13-iyun kunlari qabul qilinadi.

Nomzodlardan 2 dona sifatli rangli pasport nusxasi. Pasportning amal qilish muddati 1 yildan kam bo‘lmasligi lozim (01.06.2019), 2 dona 3,5x4,5 o‘lchamdagi fotosurat, 086 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma hamda zaruriyat tug‘ilganda nomzod bilan bog‘lanish uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida unga yaqin bo‘lgan inson to‘g‘risida ma’lumot (ism-sharifi va telefon raqami) talab qilinadi.

Kech qolgan yoki kelmagan nomzodlar shaxsan o‘zlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan kelishlari kerak bo‘ladi.

Hujjatlar to‘plamini yig‘ish va qabul qilish bepul amalga oshiriladi. Pul talab qilgan shaxs to‘g‘risida bevosita agentlikka 0 (371) 200-00-61 telefon raqami orqali ma’lum qilish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют