» » G‘ofur Rahimovning ismi IIV saytidagi qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida paydo bo‘ldi

G‘ofur Rahimovning ismi IIV saytidagi qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida paydo bo‘ldi


O‘zbekiston IIV saytidagi “Qidiruvdagi shaxslar” bo‘limida o‘zbekistonlik sport arbobi va biznesmen G‘ofur Rahimov qidirilayotgani haqida axborot-kartochka paydo bo‘ldi. Kartochkada G‘ofur Rahimovning surati, tug‘ilgan sanasi va qaysi moddalar bo‘yicha ayblanayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.

Kartochkaga ko‘ra, G‘ofur Rahimov Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (“Juda ko‘p miqdordagi tovlamachilik”), 243-modda (“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish”) va 228-modda 3-qismi (“Hujjat qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish”)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, qayd etilgan birinchi modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha, ikkinchi modda bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Uchinchi modda bo‘yicha jazo variantlari ko‘p — eng kam ish haqining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

IIV saytidagi “Qidiruvdagi shaxslar” bo‘limiga birgina G‘ofur Rahimovning emas, balki uning rafiqasi — Lola Rahimovaning ham kartochkasi ham joylashtirilgan. Turmush o‘rtog‘i qaysi moddalar bo‘yicha qidiruvga berilgan bo‘lsa, ayol ham o‘sha moddalar asosida qidirilmoqda.

G‘ofur Rahimov O‘zbekistonda birinchi marta 2013-yili qidiruvga berilgan, qidiruv xalqaro miqyosda bo‘lgani uchun Rahimov qidirilayotgani haqidagi ma’lumot “Interpol” saytida ham bo‘lgan. Biroq 2016-yili ro‘yxatdan o‘chirilgan. G‘ofur Rahimov va uning rafiqasi qidirilayotgani tarixda ilk bor O‘zbekiston IIV saytida e’lon qilinmoqda.

G‘ofur Rahimov oxirgi 20 yillardan beri Havaskor bokschilar xalqaro assotsiatsiyasida (AIBA) rahbarlik lavozimlarida ishlab keladi, 2018-yil yanvarida esa tashkilotning muvaqqat prezidenti etib saylangan. U 2017-yil oxirida AQShning “qora ro‘yxati”ga kiritilgan edi, ayni vaqtda shu ro‘yxatdan chiqish harakatida edi. Shu munosabat bilan “Men hech qachon hech qanday uyushgan jinoiy guruh bilan bog‘liq bo‘lmaganman, menga qarshi hech qachon ayblovlar ilgari surilmagan”, degandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют