» » Sayg‘oqlarni saqlab qolishda Tojikiston va Qirg‘iziston tajribasi qo‘l keladimi?

Sayg‘oqlarni saqlab qolishda Tojikiston va Qirg‘iziston tajribasi qo‘l keladimi?


Ustyurtda so‘nggi 30 yilda sayg‘oqlarning bosh soni 99 karra kamayib ketgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hozirgi kunda Ustyurtda sayg‘oqlar soni atigi 2700 ta. 1980-yillar oxirida 250-270 ming bosh bo‘lgan. Bir paytlari, ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, Ustyurtdagi sayg‘oqlar soni yarim milliongacha yetgan.

Qozog‘istonlik ekolog Adilbek Qo‘ziboqovning ta’kidlashicha, sayg‘oqlarning butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfi yuqori. Hozirgi paytda qo‘llanilayotgan tabiatni muhofaza qilish mexanizmlari sayg‘oqlarning Ustyurt populyatsiyasining sonini avvalgi holatiga olib kela olmaydi. Shu sababli o‘lkaning tabiatini, sayg‘oqlarni saqlab qolish mas’uliyatini mol boquvchilar bilan ovchilarga ham yuklatish lozim.

“Sayg‘oqlarni saqlab qolishda eski an’anani qo‘llash qo‘l kelishi mumkin”, deb ishonmoqda qozog‘istonlik mutaxassis. “Revolyutsiyagacha bo‘lgan davrda yaylov yerlari bo‘lgan cho‘ponlar o‘zlari yashayotgan hududda mol boqish bilan birga yovvoyi hayvonlarni ovlash bilan ham shug‘ullangan”.

Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonda Ustyurt sayg‘oqlarini saqlab qolish maqsadida Germaniyaning NABU tabiatni muhofaza qilish va bioxilmaxillikni saqlash ittifoqining moliyaviy ko‘magi bilan “Sayg‘oqlarning ustyurt populyatsiyasini saqlash bo‘yicha mahalliy jamoatchilikni jalb qilish” loyihasi ish boshlagan.

Loyihani uyushtiruvchilar tog‘ echkisi, marxur, arxar, qo‘ng‘ir ayiq va qor qoploni kabi yo‘qolib borayotgan hayvonlar turlarini himoya qilishga qishloq aholisini jalb qilayotgan Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlarining tajribalariga suyanmoqda.

Tojikiston va Qirg‘izistonning chekka hududlarida istiqomat qiladigan aholi brakonerlarning ov qilishiga to‘siq bo‘lib kelmoqda. E’tiborlisi, bir paytlari o‘zlari brakoner bo‘lgan qishloq aholisi endi hayvonotlar olamini tajovuzkorlardan himoya qilishga mahkam bel bog‘lagan.

Tog‘ echkilari va arxarlar soni ko‘paygan hududlarda mahalliy aholi uchun ba’zi hayvonlarni ovlashga kvota berila boshlagan. Shuningdek, bo‘linadigan kvotaning bir qismi minglab dollar va yevroga xorijiy ovchilarga taqsimlanadi. Bundan tushadigan daromad qo‘riqlash xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga hamda qishloqlarning infratuzilma masalalarini hal qilishga ishlatiladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Qoraqalpog‘istonda sayg‘oqlarning ikki turi mavjud: birinchisi ko‘chmanchi sayg‘oqlar. Ular Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston chegaralaridan o‘tib yuradi. Ikkinchisi, mahalliy sayg‘oqlardir. Ular doimo O‘zbekiston hududida yuradi.

Ko‘chmanchi sayg‘oqlarning chegaralar osha ko‘chib yurishiga sharoit yaratish maqsadida Qozog‘iston bilan chegarada 12,5 kilometr joy ochib qo‘yilgan. O‘tgan yili noyabr oyida majmua buyurtma qo‘riqxonasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reydda Ustyurt tekisligining Olmanbet hududida (Orol dengizi atrofi) ko‘chmanchi sayg‘oqlarning 70-80 boshi qayd qilingan. Mo‘ynoq tumanining Akbetkey, Taxtako‘pir tumani hududidagi Xitoyqazg‘an hududlarida esa mahalliy sayg‘oqlarni uchratgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют