» » O‘zbekiston Bosh prokuraturasi vakillari Avstriyadagi Xalqaro antikorrupsiya akademiyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi vakillari Avstriyadagi Xalqaro antikorrupsiya akademiyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi


Avstriya Respublikasiga tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi delegatsiyasining Laksenburg shahridagi Xalqaro antikorrupsiya akademiyasida mazkur akademiya rektori Martin Kroytner bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xalqaro antikorrupsiya akademiyasi rahbariga respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish, uning darajasini minimallashtirish, davlat va jamiyat hayotidagi korrupsiogen omillarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, 2017-yilda Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni va 2017—2018-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturiga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro-huquqiy nuqtai nazardan BMT korrupsiyaga karshi kurashish Konvensiyasi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Istanbul harakatlar rejasi tavsiyalarini implementatsiya qilish, jinoyat ishlarini tergov qilish va aktivlarni qaytarish bo‘yicha olib borilgan ishlar borasida aytib o‘tildi.

M.Kroytner O‘zbekistonda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida Akademiyaning zaruriy ekspertlik salohiyatini safarbar qilishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Bosh prokuror Akademiya rahbarini olib borilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga taklif etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют