» » O‘zbekistonga kelgan sayyohlar xorijiy valyuta kartalarida savdo qilishi mumkin

O‘zbekistonga kelgan sayyohlar xorijiy valyuta kartalarida savdo qilishi mumkin


O‘zbekistonda xorijiy sayyohlar tomonidan turli xil sovg‘alar, milliy hunarmandchilik va mamlakatda ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlarni xarid qilishda xorijiy valyuta (Visa, Master Card, Union Pay) kartalarida savdo qilish bo‘yicha zarur sharoitlarni yaratish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uzcard tizimidagi terminallarda xalqaro Union Pay kartalari qabul qilinishi tashkil etilgan bo‘lib, MIR, Visa, Master Card kartalarini qabul qilish ishlari joriy yil iyun oyi oxiriga kadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublika hududi bo‘yicha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bank infratuzilmalari, jumladan, turistlar tashrif buyuruvchi obyektlarda xorijiy valyutadagi plastik kartochkalarni qabul qiluvchi 2358 terminal va 151 bankomat o‘rnatildi.

Bundan tashqari, tijorat banklari xamda protsessing markazlari tomonidan qo‘shimcha ravishda milliy va xorijiy valyutadagi kartalarni qabul qiluvchi jami 21880 terminal va 121 bankomatlar olib kelindi.

Ayni paytda respublika bo‘yicha 421 obyektda jami 37 valyuta ayirboshlash shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 66 obyektga 81 dona bankomat va 419 obyektga 436 ta terminal o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют