» » Shavkat Mirziyoyev “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Mazkur hujjatda O‘zbekistondagi soliq xizmati organlari tizimida o‘z yechimini topmagan sezilarli muammolar mavjudligi qayd etilgan. Jumladan:

Soliq solishning qo‘shimcha manbalarini izlamasdan soliq hisoboti bilan cheklanib qolgan, asosan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq ma’muriyatchiligining past darajasi;

Soliq ma’muriyatchiligida korrupsiyaviy muhitni shakllantirayotgan, davlat soliq xizmati organlarining deyarli barcha bo‘g‘inlarida xodimlar korrupsiyalashuviga olib kelayotgan sezilarli shart-sharoitlarning mavjudligi;

Soliq ma’muriyatchiligini to‘liq amalga oshirish, soliq solinadigan qo‘shimcha bazani aniqlash, iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirishga imkon bermaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanmaslik;

Kameral nazoratni, jumladan, soliq imtiyozlari va preferensiyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan kameral nazoratni amalga oshirish uchun tashqi manbalarni yig‘ishni ta’minlaydigan ta’sirchan dasturiy mahsulotlarning mavjud emasligi;

Soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning turli sxemalari yaratilishiga olib kelayotgan, savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha berilgan vakolatlardan samarasiz foydalanilishi;

Maqsadli tekshiruvlar tashkil etish uchun soliqlarni to‘lashdan muntazam ravishda bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashning aniq mezonlari mavjud emasligi;

Mavjud resurslardan davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yetarlicha foydalanilmayotganligi va intizomiy javobgarlikka tortish darajasi haddan tashqari yuqoriligi umuman soliq tizimining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mazkur muammolarni bartaraf qilish, O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini va Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi soliq ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari etib belgilandi:

Davlat soliq xizmati organlarini soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarish;

Eksterritoriallik prinsipi asosida soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi, biznesni qonuniy, shaffof va qulay yuritish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, soliq to‘lovchilarning qoniqish darajasining oshishini ta’minlash;

Soliq ma’muriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha preventiv va oldini olish choralarini qo‘llash;

Soliq to‘lovlarining o‘z vaqtida va bir xildagi tushumini ta’minlash, ma’muriy tartib-taomillarni maksimal darajada kamaytirish va soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmalarni qisqartirish hisobiga byudjetlarning daromad qismini barqaror shakllantirish;

Tekshiruvdan oldingi tahlil va masofaviy nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choralarini yanada kuchaytirish;

Davlat soliq xizmati organlari xodimlariga korporativ etikani singdirish, davlat soliq xizmati organlarining strategik maqsad va vazifalariga erishish uchun o‘z xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют