» » Hindistonda yarim asrdan ortiq yashagan xitoylik askar uyiga qaytdi (foto)

Hindistonda yarim asrdan ortiq yashagan xitoylik askar uyiga qaytdi (foto)


Deyarli butun umrini vatanidan uzoqda o‘tkazgan xitoylik Van Si nihoyat Xitoyga qaytdi, deb yozadi TJournal.

Xitoylik sobiq askar 1963-yilning yanvarida asirga tushgandan so‘ng 54 yilni Hindistonda o‘tkazdi. U uzoq vaqt hukumatdan uyga qaytish uchun ruxsat olishga harakat qildi, biroq unga Xitoy bilan aloqa o‘rnatish imkoni va rasmiy hujjatlar berilmadi.

Van Si Xitoy—Hindiston chegarasida geodezist bo‘lib xizmat qilgan. Bir kuni u adashib qolib, ikki kun o‘rmonni kezgan va Hindiston Qizil Xoch tashkiloti a’zolari mashinasiga duch kelgan. Biroq uni Xitoyga qaytarmasdan, Hindiston harbiy lageriga yetkazishgan va begona davlat hududiga noqonuniy kirgan harbiy asir sifatida hibsga olishgan.

U josuslikda ayblanib qamaldi. Van qamoqxonadan 1969-yilda chiqdi. Shundan so‘ng Hindiston rasmiylari harbiy asirlarni yuboradigan Tirodi qishlog‘iga jo‘natildi. 1979-yilda sobiq geodezist mahalliy qizga uylandi.

2006-yilda Vanning onasi o‘g‘li bilan uchrasha olmasdan vafot etdi. 2008-yilda sobiq askar Xitoyning Dehlidagi elchixonasi bilan aloqa o‘rnatishga erishdi. 2013-yilda Xitoy elchixonasi unga pasport berdi.

10-fevral kuni 78 yoshli Van Si Xitoyga parvoz qildi va 54 yildan so‘ng katta akasi Van Chjiyuan bilan uchrashdi.

Veteran Hindistonga qaytib, hayotining qolgan qismini bolalari va nabiralari bilan o‘tkazish niyatida.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют