» » Senatorlar bosh vazir Abdulla Aripovga parlament so‘rovi yubordi

Senatorlar bosh vazir Abdulla Aripovga parlament so‘rovi yubordi


Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq safarbarlik chaqiruvi zaxirasidagi xizmatga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi hamda yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi holati yuzasidan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga parlament so‘rovi yuborish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi, deb xabar beradi O‘zA.

So‘zga chiqqanlar mamlakatda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda, shu jumladan, mamlakatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotganini qayd etdi.

Xususan, mamlakatning yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilinib, unda Qurolli Kuchlar oldida turgan vazifalar, milliy armiyani shakllantirish va rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari mustahkamlab qo‘yildi. Shu bilan bir vaqtda Qurolli Kuchlarni yanada isloh qilish va rivojlantirishga, mamlakat xavfsizligini mustahkamlash hamda mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, tezda o‘zgarib borayotgan xalqaro vaziyat tahlili, jamiyatning ma’naviy-axloqiy negiziga, o‘sib borayotgan avlodning ongiga axborotlar bilan ruhiy ta’sir o‘tkazishga urinishlar oshib borayotganligi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini, o‘smirlarning harbiy tayyorgarligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda.

Senat tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervi safida xizmat qilishga, ushbu xizmatni tashkil etish va o‘tashga oid hujjatlar ijrosi, shuningdek, yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash ishlari o‘rganildi hamda tahlil qilindi.

Ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha senatorlar tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o‘tash masalalari, shuningdek umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, chaqiruv yoshi chegarasini qisqartirish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi lavozimlariga kasbiy jihatdan yaxshi tayyorlangan, malakali, ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslarini, shu jumladan, zaxira va rezerv ofitserlarini tayinlash chora-tadbirlari to‘g‘risida asoslantirilgan izohlar berish iltimosi bilan parlament so‘rovi yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют