» » Belarus elektromobillar ishlab chiqarishni va ularni O‘zbekistonga yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Belarus elektromobillar ishlab chiqarishni va ularni O‘zbekistonga yetkazib berishni rejalashtirmoqda


Belarus yaqin ikki-uch yil ichida Xitoy bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda respublika hukumati raisi o‘rinbosari Vladimir Semashko ma’lum qildi, deb yozadi Spot. Uning so‘zlariga ko‘ra, elektromobillarni yig‘ish Minsk viloyatidagi “BelDji” zavodi negizida tashkil etiladi.

Xabarlarga ko‘ra, Belarus Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlarini allaqachon o‘zlashtirmoqda. Masalan, bo‘lg‘usi ishlab chiqarish rejasida O‘zbekiston elektromobillar sotish uchun asosiy bozorlardan biri sifatida alohida ajratilgan.

Belarus va Xitoyning Geely korporatsiyasi yengil avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi, shuningdek, yig‘ish bo‘yicha “BelDji” qo‘shma korxonasini yaratdi. Atom elektr stansiyasining birinchi bloki 2019-yilda, ikkinchisi — 2020-yilda ishga tushirilishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют