» » Xonanda Toto Kutuno shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizildi

Xonanda Toto Kutuno shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizildi


Italiyalik qo‘shiqchi Toto Kutuno Belgiyada shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizildi, shu sababdan uning konsertlari bekor qilindi. Bu haqda La Repubblica’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

74 yoshli Kutuno Belgiyadagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan. Seren shahri meriyasi vakilining ma’lumotlariga qaraganda, artistning yuragi bilan bog‘liq muammolari bor.

Xonandaning o‘zi biror jiddiy kasalligi borligini inkor qilgan, uning so‘zlariga qaraganda, hammasiga issiq ob-havo sababchi bo‘lgan.

“Hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Shifoxonada menga uydagiday sharoit yaratib berishdi. Bu yerda Italiya va Rossiyadan shifokorlar hamda tibbiy xodimlar bor. Mening muxlislarim meni shifoxonada ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Bir haftadan so‘ng men shifoxonadan chiqaman, bir necha kun dam olgach yana xalqaro turga jo‘nab ketaman”, — deydi xonanda.

Kutunoning matbuot xizmati uning shifoxonaga yotqizilishining sababi yuragi bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlamagan. Xonandaning salomatligi xavf ostida emasligi xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют