» » Xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekistonda harakatlanish marshrutlarini o‘zgartirishga bojxona ruxsatnomalari bekor qilindi

Xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekistonda harakatlanish marshrutlarini o‘zgartirishga bojxona ruxsatnomalari bekor qilindi


“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari ishtirokida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Davlat bojxona qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari eksport-import bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun mamlakatda yaratilgan qulaylik va yengilliklar haqida ma’lumot berdi, deb yozadi O‘zA.

Prezidentning 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan bojxona organlarini isloh qilishning sakkizta asosiy yo‘nalishi belgilab berildi. Ularni amalga oshirish yuzasidan “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar dasturi” tasdiqlandi. Unga ko‘ra, joriy yil 1-iyuldan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun qator qulaylik va yengilliklar yaratildi.

O‘z navbatida, ko‘rsatilgan talablarga rioya etmaydigan tadbirkorlarga tegishli choralar ko‘rish borasida bojxona organlari vakolatlari ham belgilab berildi. Misol uchun, bojxona organlari import qilinayotgan tovarlar narxini oshirib ko‘rsatish holatlari bo‘yicha muntazam ravishda monitoring o‘tkazadi. Bojxona omborlarida 3 yildan ortiq saqlanib kelayotgan mol-mulklar uch oy davomida talab etib olinmagan taqdirda, sud qarori asosida davlat foydasiga musodara qilinadi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida, tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan so‘ng, ularning bojxona nazoratini amalga oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют