» » “JV MAN Auto–Uzbekistan” “Best Practice Award—2018” mukofotini qo‘lga kiritdi

“JV MAN Auto–Uzbekistan” “Best Practice Award—2018” mukofotini qo‘lga kiritdi


25-iyundan 27-iyunga qadar Germaniyaning Myunxen shahrida “MAN Truck & Bus AG” xalqaro kompaniyasi tomonidan “3rd xKD Customer Days” forumi tashkil etildi, deb xabar beradi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmati.

Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridagi MAN kompaniyasi vakillari, jumladan “JV MAN Auto – Uzbekistan” MChJ QK mutaxassislari ishtirok etdi.

Forum doirasida ishtirokchi-mamlakatlar vakillari o‘z kompaniyalari haqida taqdimot o‘tkazdi va ularning eng salmoqli yutuqlari haqida so‘zladi.

“JV MAN Auto – Uzbekistan” MChJ QK tomonidan kompaniya faoliyati va yutuqlari to‘g‘risida videorolik namoyish etildi, shuningdek karkasni qoplash jarayoni samaradorligini sezilarli oshiruvchi va inson resurslarini tejovchi avtobus tomi karkasini o‘girgich (o‘girish uchun mexanizm) taqdim etildi.

Barcha chiqishlar nihoyasiga yetgach, har bir taqdimot baholandi. Baholashning asoiy mezonlari quyidagilar bo‘ldi:

Baholash nihoyasiga yetgach, forum yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Mutlaq g‘alabani – 1-o‘rin va “Best Practice Award—2018” mukofotini “JV MAN Auto – Uzbekistan” MChJ QK vakillari qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni rossiyalik MAN kompaniyasi vakillari, 3-o‘rinni Janubiy Afrika vakillari egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют