» » O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini homiylik qilishga majburlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini homiylik qilishga majburlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi


O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini homiylik qilishga majburiy jalb etganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabarida aytiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 6-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar tadbirkorlik subyektlarining mustaqilligini yanada mustahkamlash va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash maqsadida Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qilishga o‘tdi.

Qonun loyihasi bilan xususiy mulk huquqini, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini, litsenziyalash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, tadbirkorlik subyektlarini homiylik qilishga undash va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish hamda tadbirkorlik subyektlaridan qonun hujjatlarini buzgan holda ortiqcha hujjatlar talab qilib olish, umuman qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish belgilanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют