» » Andijonda “717” avtomobil raqamini 400 dollarga pullamoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Andijonda “717” avtomobil raqamini 400 dollarga pullamoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi


Andijon viloyati IIBga fuqaro A.Q. dan ariza kelib tushdi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Arizada ko‘rsatilishicha, fuqaro yangi Damas rusumli avtomashina sotib olganligi bois ushbu avtomashinasiga davlat raqami olish uchun Andijon viloyati IIB YXXBga borgan.

Bu joyda o‘zini “Anvar” deb tanishtirgan shaxs bilan ko‘rishib , u bilan o‘zaro suhbat davomida yangi avtomashinasiga “717” davlat raqamini olish niyati borligi haqida aytadi. “Anvar” ismli shaxs raqam olmoqchi bo‘lgan fuqaroga bunday davlat raqamini 400 AQSh dollariga olib berishi mumkinligini ma’lum qiladi. Agarda “717” raqami yo‘q bo‘lsa, ushbu raqam o‘rniga “017”, “727”, “747” va “757” davlat raqamlaridan birini 250 AQSh dollari evaziga olib bera olishiga ishontiradi. Va mazkur raqamlardan birini rasmiylashtirib berish 250 AQSh dollariga bitishini aytadi.

Mazkur murojatga asosan joriy yilning 10-may kuni Andijon viloyati IIB o‘z xavfsizligi bo‘limi hamda Jinoyat qidiruv boshqarmasining mas’ul xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Anvar” ismli shaxs yuqoridagi davlat raqamlarini rasmiylashtirib berish evaziga kelishilgan kimyoviy ishlov berilgan 150 AQSh dollari hamda 200 ming so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ushlanib, berilgan 150 AQSh dollari hamda 200 ming so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Holat bo‘yicha olib borilgan tergov jarayonida o‘zini “Anvar” deb tanishtirgan shaxs aslida I.N. ekanligi, ichki ishlar idoralari vakillari bilan hech qanday kelishuvchanlikka bormaganligi , o‘zining nafsi yo‘lida yuqoridagi fuqarodan fribgarlik yo‘li bilan pul undirmoqchi bo‘lganli ayon bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasining (firibgarlik) 1-qismi hamda Jinoyat Kodeksining 28, 211-moddalarining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют