» » G‘ijduvonda Matiz ikki Nexia bilan to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi

G‘ijduvonda Matiz ikki Nexia bilan to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi


Buxoro viloyatning G‘ijduvon tumanida 8-iyul kuni Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida yashovchi N.R. Matiz rusumli mashinacida yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

U mashinasini Zafarobod qo‘rg‘oni hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, M.B. boshqaruvidagi Nexia va Yo.M. boshqaruvidagi yana bir Nexia bilan to‘qnashuv sodir etdi.

Hodisa oqibatida Matiz yo‘lovchisi G.B. ism-sharifli ayol jarohat olib voqea joyida, Yo.M. boshqaruvidagi Nexia yo‘lovchisi V.N. esa kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Boshqa yo‘lovchilar — E.K. ism-sharifli ayol va uning ikki nafar farzandi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют