» » Indoneziya yoshlariga O‘zbekiston tarixi va buguni haqida ma’lumotlar berilmoqda

Indoneziya yoshlariga O‘zbekiston tarixi va buguni haqida ma’lumotlar berilmoqda


Indoneziya jamoatchiligi, ayniqsa yoshlarining O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Indoneziya universitetlari tinglovchilari uchun “O‘zbekiston tarixi va buguni. Indoneziya bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusida ochiq ma’ruzalar turkumi taqdim etila boshlandi, deb “Daryo”ga xabar beradi elchixonasi axborot xizmati.

Bugun ma’ruzalar turkumining birinchi qismi mamlakatning eng yaxshi oliygohi (QS xalqaro reytingi bo‘yicha) Indoneziya universiteti tinglovchilariga havola etildi. Ushbu oliygohning 15 ta fakultetida dunyoning 26 mamlakatidan 47000 talabala tahsil oladi.

Ma’ruza tinglovchilari nafaqat universitet talabalari va professorlari, balki elektron OAV vakillaridan ham iborat bo‘ldi. Tinglovchilarning e’tiborida nafaqat mamlakat tarixi va bugungi kunda iqtisodiyotning turli jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar shu bilan birga davlatning ta’lim tizimi, oliygoh, kollej va litsey bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalari jonli qiziqish uyg‘otdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют