» » Angrenda sodir bo‘lgan YTHda Lacetti’ni boshqarib ketayotgan ayol halok bo‘ldi. Uning ikki qizi kasalxonaga tushgan

Angrenda sodir bo‘lgan YTHda Lacetti’ni boshqarib ketayotgan ayol halok bo‘ldi. Uning ikki qizi kasalxonaga tushgan


10-iyul, seshanba kuni Toshkent viloyatining Angren shahridagi Mustaqillik ko‘chasida Lacetti va Matiz avtomobillari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida Lacetti’ni boshqarib ketayotgan 1992-yilda tug‘ilgan ayol halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Hodisa tonggi soat 07:40 atrofida 26 yoshli ayol ikki bolasini bog‘chada qoldirib, 1 va 8 yoshli qizlari bilan uyga qaytayotgan paytda sodir bo‘lgan. Lacetti katta tezlikda Matiz’ning orqa o‘ng tomoniga borib urildi. Oqibatda Matiz ag‘anab ketgan, Lacetti esa qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, piyodalar yo‘lakchasiga chiqib ag‘darilib ketgan.

Matiz haydovchisi hodisa oqibatida jiddiy tan jarohati olmagan. Lacetti haydovchisi olgan tan jarohatlaridan Angren shahar shifoxonasida vafot etga. Mashinada bo‘lgan ikki qizi tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Dastlabki surishtiruv va aniqlangan holatlarga ko‘ra, haydovchi ayol xavfsizlik kamari taqmaganligi, salonda bo‘lgan hali 2 yoshga ham to‘lmagan farzandini tashishda maxsus o‘rindiqdan foydalanmasdan yoki qarovsiz holda olib yurgani aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют