» » Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertizasida xizmat tekshiruvidan so‘ng byuro boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertizasida xizmat tekshiruvidan so‘ng byuro boshlig‘i lavozimidan ozod etildi


Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligiga bir guruh fuqarolar yo‘llagan murojaatlardan so‘ng, Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Vazirlikning yuridik bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi faoliyati o‘rganilganda, haqiqatan ham, qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida tan olinmagan diplom bilan shaxslarni davlat sud eksperti sifatida ishga qabul qilish holati, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning noto‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, eng achinarlisi, umuman foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan tibbiy vositalardan foydalangan holda ekspertiza o‘tkazish va xulosa tuzish kabi bir qator qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Shu munosabat bilan, Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi boshlig‘i M.Haydarov belgilangan tartibda egallab turgan lavozimidan ozod etildi, to‘plangan materiallar esa aybdor shaxslarning javobgarligini hal etish uchun prokuratura idoralariga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют