» » Shvetsiya Rossiya elchixonasiga 1916-yilda cho‘kib ketgan suvosti kemasining kompasini topshirdi

Shvetsiya Rossiya elchixonasiga 1916-yilda cho‘kib ketgan suvosti kemasining kompasini topshirdi


Shvetsiya politsiyasi Rossiyaning Stokgolmdagi elchixonasiga 1916-yilda cho‘kib ketgan “Som” suvosti kemasining kompasini topshirdi. Kompas 2015-yilda suvosti kemasini topgan Shvetsiyaning Ocean X Team kompaniyasi bilan sud jarayoni yakunlariga ko‘ra elchixonaga topshirilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Rossiyaning “Som” suvosti kemasi 1916-yilning 23-mayida Shvetsiyaning “Ongermanland” paraxodi bilan to‘qnashgach cho‘kib ketgan. Kemaning joylashgan joyini aniqlash Ocean X Тeam kompaniyasining shved va rus hamda Islandiyaning iXplorer ocean research dengiz tadiqiqotchilari hamkorligi natijasi bo‘lgan. Suvosti kemasining topilgani haqida 2015-yilning iyul oyi oxirida ma’lum bo‘lgan.

Ocean X Тeam dayverlari kompasni suvosti kemasidan 2016-yilning may oyida olib chiqqan va shu yilning avgust oyida Shvetsiya politsiyasi kompasni o‘z egasiga, ya’ni Rossiyaga topshirish haqida qaror qilgan. Kompaniya bu qaror ustidan sudga shikoyat qilgan. Sud jarayonlari 2018-yilning aprel oyida Rossiya foydasiga yakunlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют