» » Samarqand viloyati hokimining hibsga olingani bildirilgan o‘rinbosari yana ishga qaytdi

Samarqand viloyati hokimining hibsga olingani bildirilgan o‘rinbosari yana ishga qaytdi


Samarqand viloyati hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev yana o‘z vazifasini bajarishga qaytdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev viloyat hokimligidagi manbalarga asoslanib ma’lum qildi.

Shu tariqa, hokim o‘rinbosarining OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan katta miqdorda pora olish bilan bog‘liq gap-so‘zlarga daxli yo‘qligi isbotlangan ko‘rinadi.

Avvalroq Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev korrupsion tizim yaratgani oshkor bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan, jinoyat ishida viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev, qurilish bo‘yicha mutaxassis Bahodir Xojaqulov va hokim yordamchisi Botir Xojaqulov ham hibsga olinganligi bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют