» » Toshkentda ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi uchun mikrotuman barpo etilmoqda

Toshkentda ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi uchun mikrotuman barpo etilmoqda


Bugun, 16-iyul kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida yangi mikrotuman qurilishi boshlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Yangi mikrotuman Sergelidagi Choshtepa mahallasida barpo etiladi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, bu yerdagi turarjoy kompleksi ijtimoiy himoyaga o‘ta muhtoj kam ta’minlangan oilalar va imkoniyati cheklangan insonlar uchun mo‘ljallanadi.

Avvalroq poytaxtda turar joy binolarini qurishni rejalashtirgan tadbirkorlarga loyihalari tasdiqdan o‘tgach, Toshkent shahar hokimiyati Davlat sherikchiligi asosida yer uchastkalari ajratishi haqida xabar berilgan edi. Bunda davlat sherikchiligining ahamiyati shundaki, turar joy binolarining qurilishi tugatilgach, davlatga ularni sotishdan tushgan daromaddan foiz to‘lanmaydi, balki umumiy xonadonlarning 10—15 foizi hokimlik tasarrufiga o‘tkaziladi va ushbu xonadonlar chin yetim, nogiron, kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘q uy-joyga muhtoj aholi qatlamiga taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют