» » Samarqandda 115 ming nafar uyushmagan yoshlarning 8422 nafari ish bilan ta’minlangan

Samarqandda 115 ming nafar uyushmagan yoshlarning 8422 nafari ish bilan ta’minlangan


Sessiyada viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilovning “O‘zbekiston Respublikasining ‘Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida’gi qonunning Samarqand viloyatidagi ijrosi to‘g‘risida”gi hisoboti tinglandi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Viloyatda 3 million 700 ming nafardan ziyod aholining 2 million 200 ming nafaridan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Ayni paytda viloyatda 29484 ta yosh oilalar mavjud.

Viloyatda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning may oyiga qadar viloyat miqiyosida 122 nafar yoshlarga tijorat banklaridan 4 milliard 700 million so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan. Natijada 1341 nafar yoshlar ish bilan ta’minlangan.

Viloyatda umumiy jinoyatchilik 473 taga kamayishiga erishilgan bo‘lsa-da, biroq o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari 11 taga, tovlamachilik holatlari bir nafarga oshgan.

115 ming nafar uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash borasida mas’ullar tomonidan jami 148 marta bo‘sh va vakant ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, bor-yo‘g‘i 8422 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan.

Sessiya davom etmoqda...



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют