» » O‘zbekiston hukumati va YuNISEF o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston hukumati va YuNISEF o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi


BMT Bolalar jamg‘armasining (YuNISEF) Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xon boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Delegatsiya tashrifi munosabati bilan poytaxtdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida YuNISEF bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, deputatlar, mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosarlari Tanzila Norboyeva va Aziz Abduhakimov, YuNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xon so‘zga chiqdi.

BMTning Bolalar jamg‘armasi ona va bola salomatligi, ular o‘rtasida o‘lim darajasini kamaytirish, onalar va bolalar oziqlanishi borasidagi eng ilg‘or tajribani hayotga tatbiq qilish, OIVning oldini olish bo‘yicha qonun ijodkorligi, sohada mavjud muammolarni aniqlash va ularga yechim topishdek muhim masalalarda O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Bunda 2016-yilda mamlakatda YuNISEF bilan imzolangan hamkorlik dasturi muhim o‘rin tutmoqda. BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan ushbu hujjat bolalar farovonligi bilan bog‘liq strategik yondashuvlarni o‘zida aks ettirgan.

Mamlakatda YuNISEF bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi ko‘magida bolalarni migratsiya ta’siridan asrashga qaratilgan yangi loyihaning amalga oshirilishi bu boradagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkonini bermoqda.

Yig‘ilishda, shuningdek, hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘mak berish, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, kamsitish va beparvolikning oldini olish, ijtimoiy sohada malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

—Uchrashuvda O‘zbekiston bilan YuNISEF o‘rtasida hamkorlikda ro‘yobga chiqarilgan loyihalar va tashabbuslarni sarhisob qildik, – dedi Afshan Xon. — O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar munosabatlarimizni yanada rivojlantirishni taqozo qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют