» » O‘zbekistonda fuqarolar reproduktiv salomatligini asrash to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlandi

O‘zbekistonda fuqarolar reproduktiv salomatligini asrash to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlandi


Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti fuqarolar reproduktiv salomatligini asrash to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama uchun taqdim etdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjat orqali qonunchilikka fuqarolarning reproduktiv huquqlari, yordamchi reproduktiv texnologiyalar, surrogat onalik, kriokonservatsiya va donorlik (boshqa shaxslarga bepushtlikni yengish uchun gametalar (spermalar, ootsitlar va embrionlar)ni bo‘lg‘usi bolaga nisbatan ota-onalik majburiyatlarisiz taqdim etish) tushunchalari kiritilmoqda.

Reproduktiv salomatlikni asrash va oilani rejalashtirishning asosiy tamoyillari sifatida tibbiy xizmatlarning keng tarqalganligi va sifati, ularning kafolatlangan hajmining ta’minlanishi, shaxsiy hayotga aralashuvdan himoya va oila sirining saqlanishi, odamga nisbatan insoniylik va hurmat bilan munosabat, shuningdek, erkak va ayollarning teng huquqliligi belgilandi.

Qonun fuqarolarning reproduktiv tanlov erkinligini, diskriminatsiya, qo‘rqitish va zo‘ravonliklarsiz sog‘lom oila yaratish haqida qaror qabul qilishini, ularning shaxsiy hayotiga aralashmaslikni, shaxsiy va oilaviy sirlari saqlanishini kafolatlashi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют