» » Farg‘onada profilaktika inspektori o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijodiy tanlov o‘tkazdi

Farg‘onada profilaktika inspektori o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijodiy tanlov o‘tkazdi


Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy nomli mahallada yozgi ta’tilda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Hudud profilaktika inspektori, kapitan Shavkatjon Yo‘ldoshev tomonidan mahalla faollari ko‘magida o‘tkazilgan tanlovda yozgi ta’tilda oromgohlarga bormagan o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkazildi. Birinchi yo‘nalishda bolalar qo‘l mehnati asosida turli hunarmandchilik mahsulotlari namunalarini yasadi. Ikkinchi yo‘nalishda yosh rassomlar o‘z mahoratlarini rang-tasvir va bo‘yoqlar yordamida sinovdan o‘tkazdi. Uchinchi yo‘nalishda esa yosh dizaynerlarning innovatsion loyiha va maketlari namoyish etildi.

Profilaktika inspektori yaqin kunlarda yosh kitobxonlar o‘rtasida ham ana shunday tanlov o‘tkazish niyatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют