» » “PSJ” — “Barselona” 4:0. Maydonda o‘zi nimalar ro‘y berdi?

“PSJ” — “Barselona” 4:0. Maydonda o‘zi nimalar ro‘y berdi?



Umid haqida

“Barselona” “Kamp-Nou”da o‘tadigan javob o‘yinida kamida 5 ta gol farq bilan zafar quchishi kerak. Biroq statistika bunday revanshni tarix ko‘rmaganiga guvohlik berdi. Yevrokuboklar pley-offida 4 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lgan jamoalar hech qachon keyingi bosqichga chiqqan emas.

Hammasi oddiy. Raqib to‘p bilan ham, to‘psiz ham kuchliroq ko‘rindi. Ular yakkakurashlarda yutib chiqishdi, samarali o‘ynashdi — natija maydonda ro‘y bergan voqealarga mos bo‘ldi.

Bu yerda uzoq tushuntirishlarga hojat bor deb o‘ylamayman. Bu sport, unda muommalardan holi bo‘lishning imkoni yo‘q. Men barcha aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Hammasiga murabbiy aybdor, chunki bu futbolchilar oldin g‘olib ham chiqa olgan.

“PSJ” meni ajablantirgani yo‘q. Biz ularning pressingi haqida o‘yin oldidan ham gapirgandik. Biroq bu o‘sha pressingga turib berishimizni anglatmasdi. “PSJ” kutganimizdek o‘ynadi va o‘zining eng yaxshi futbolini namoyish etdi.

Men umidni yo‘qotmayman. Biz endi beshta gol urishimiz kerak. Futbolchilarimga ishonaman.

Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi

“Barselona”ni yevrokuboklarda 5 ta gol farqi bilan yutishning imkoni umuman bo‘lmagan. Shu kunga qadar Kataloniya klubi Chempionlar ligasi doirasida 223 ta bellashuv o‘tkazgan bo‘lsa, shularning 5 tasida to‘rtta gol farqi bilan imkoniyatni boy bergan.

Parij klubi esa “Barselona” darvozasiga bir o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan oltinchi klubga aylandi. Bunga qadar “Milan”, “Dinamo Kiyev”, “Valensiya”, “Chelsi” va “Bavariya” shunday baxtga erishgandi.

Hech kimni qo‘rqitmoqchi emasmiz. Biroq bu o‘yinni yengish biz uchun juda muhim edi va biz fantastik g‘alabaga erishdik. Tarkibida jahonning eng yaxshi futbolchilari to‘p suradigan klubni 4 ta gol farqi bilan taslim qilish ilojsiz edi.

Hammasi a’lo darajada bo‘ldi. Murabbiydan tortib futbolchilar, personal va muxlislargacha o‘zlarini yaxshi tomondan namoyon qila olishdi.

Biroq faqatgina 1 ta o‘yin yutildi. Oldinda esa butun boshli 95 daqiqa kutib turibdi. U bugungisidan ham og‘irroq bo‘ladi. Bugun biz ozgina bayram qilamiz va shundan keyin tayyorgarlikda davom etamiz.

Nosir Al-Halayfi, “PSJ” prezidenti

Argentinalik hujumchi Lionel Messi “PSJ”ga qarshi o‘yin davomida biror marta ham raqib jarima maydonchasi ichida to‘p bilan namoyon bo‘lmadi. Himoyachilar unga bu hududga kirish imkonini bermadi.

Messi faqat bir marta noaniq zarba berdi. Ikki bor muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirdi hamda shuncha marta to‘pni oldirib qo‘ydi. Shularning biri “Barselona” darvozasining ishg‘ol qilinishi bilan yakunlandi.

Bugun biz uchun har taraflama omadsiz kun bo‘ldi. Javob o‘yinida qiyin bo‘ladi, biroq biz bor kuchimizni safarbar etamiz.

Ishga munosabat haqida gapirishni istamasdim. Bu jamoamizning har bir futbolchisiga tegishli muammo emas. Agar mag‘lubiyatga sabab boshqa joyda bo‘lsa, futbolga munosabat haqida gapirish mavhum tushuncha. Raqib o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatdi va o‘ynashga imkon bermadi, biz esa yo‘q.

Bugun hammamiz uchun yomon kun bo‘ldi. Bu sahifani tezroq o‘tkazib yuborishimiz juda muhim. Bizda boshqa musobaqalar ham borligini unutmang!

Andres Inyesta, “Barselona” a’zosi

Yulian Drakslerning Parijga olib kelinishi o‘zini to‘la oqladi. Kecha u “Barselona”ning mag‘lub etishida muhim figura bo‘la oldi va raqib darvozasiga kiritilgan ikkinchi golga mualliflik qildi.

Shu tariqa Draksler “PSJ” libosini kiyganidan buyon barcha musobaqalardagi debyut o‘yinida gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Fransiya kubogining “Bastiya”ga qarshi kechgan o‘yinida Yulian gol urib, jamoasining 7:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagandi. Keyin esa chempionat doirasida “Renn” klubining 1:0 hisobida mag‘lub etilishiga o‘z goli bilan hissa qo‘shdi. Mana endi u Chempionlar ligasidagi birinchi uchrashuvida ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

“Barselona” bilan o‘ynash shunchaki ish emas, bu ulkan rag‘batdir ham. U bizda iliq hissiyotlar qoldirdi, biroq sergaklikni yo‘qotmasligimiz kerak. Oldinda javob o‘yini bor.

Bugun biz raqibga butunlay ideal futbol taklif qildik. Endi esa konsentratsiyani saqlashimiz kerak, chunki raqib butunlay boshqacha futbol o‘ynashi mumkin.

Bizda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon ketmoqda. Bugun raqibdan ham individual, ham jamoaviy tomondan ustunlik qildik.

Unai Emeri, “PSJ” bosh murabbiyi

“PSJ” asosiy tarkibida ko‘rinish bergan 21 yoshli Prenel Kimpembe Chempionlar ligasi doirasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. U shu kuni maydonga tusha olmagan Tiago Silvaning o‘rnini bilintirmaslikka harakat qildi.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют